Prokuratura Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan D.A.va L.B. fuqarolar M.Sh. va A.Q.dan 10 000 AQSH dollarini jami 114,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangi Namangan va Olot tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.O. 3 300 AQSH dollarini fuqaro Sh.Ya.ga 37,9 mln so‘mga, Buxoro shahrida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.X. fuqaro G‘.Sh.ga 268 ming Rossiya rublini 40 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.