Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 81 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.
Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘rtacha 1,7 kishiga ortgan (2022-yil 1-iyul holatiga 1 kv km ga 79,3 kishi).
2023-yilning 1-iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 372 437 kishini tashkil etmoqda.
Shahar joylarda – 18 557,5 ming kishi
Qishloq joylarda – 17 814,9 ming kishi