O’zbekiston O‘zbekiston TIV Sirdaryo viloyatiga safari chog‘ida viloyatdagi qator maktab o‘qituvchilari va direktorlari...

O‘zbekiston TIV Sirdaryo viloyatiga safari chog‘ida viloyatdagi qator maktab o‘qituvchilari va direktorlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Sirdaryo viloyatiga safari chog‘ida viloyatdagi bir qator maktab o‘qituvchilari va direktorlari bilan uchrashdi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o’zining telegram-kanalida xabar berdi.

“Sirdaryoda bir qator maktab o’qituvchilari va direktorlari bilan uchrashdik. Biz  muhim o‘quv qurollari – noutbuklar, printerlar, elektron doskalar va boshqa jihozlarni topshirdik. Albatta, yoshlarimiz ta’limini qo‘ldan kelgancha qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, – deb yozgan Baxtiyor Saidov.