O’zbekiston Malayziyaning yangi elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlarining nusxalarini topshirdi

Malayziyaning yangi elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlarining nusxalarini topshirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun yangi tayinlangan Malayziya elchisi Ilxam Tua bin Illiasdan ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qilib oldi. Bu haqda Baxtiyor Saidov ozining telegram-kanalida xabar berdi.

“Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ilxam Tua bin Illias janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi bilan birgalikda janob Elchini O‘zbekiston-Malayziya aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan diplomatik missiyasini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaymiz”, – deb yozdi Saidov.