O’zbekiston Shavkat Mirziyoyev barcha tarafdorlari hamda ishonchli vakillariga tashakkur bildirdi

Shavkat Mirziyoyev barcha tarafdorlari hamda ishonchli vakillariga tashakkur bildirdi

Shavkat Mirziyoyev uning nomzodini ilgari surgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining a’zolari va faollariga, u bilan hamfikr bo‘lib, nomzodini qo‘llab-quvvatlagan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillariga, barcha tarafdorlari hamda ishonchli vakillariga tashakkur aytdi.

Saylovda munosib ishtirok etgan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Robaxon Mahmudovaga, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatovga, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Hamzayevga alohida minnatdorlik bildirib, ularning kelgusi ishlariga yutuq va omadlar tiladi

“Albatta, biz turli siyosiy partiyalarga mansub bo‘lishimiz, turli g‘oya va qarashlar tarafdori bo‘lishimiz mumkin. Demokratiya degani ham aslida shu. Ammo mohiyat e’tibori bilan qaraganda, barchamizning, butun O‘zbekiston xalqining maqsadi bir. Bizning barchamizni Vatan, el-yurt manfaati birlashtiradi.

Shu sababli biz saylovda qatnashgan partiyalarimiz dasturlaridagi eng muhim fikrlar va amaliy takliflarni kelgusi faoliyatimizda albatta e’tiborga olamiz. Barchamiz Yangi O‘zbekiston degan yagona va ulug‘ maqsad atrofida yanada jipslashib, xalqimizning orzu-armoni bo‘lgan mana shu ezgu g‘oyani amalga oshirish yo‘lida hamkorlik qilamiz”, – dedi Prezident.