O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev kecha Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshim va O‘mon muvaqqat ishlar vakili Nosir Al-Mavaliy bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi siyosat, iqtisodiyot, investitsiya, madaniyat va taʼlim sohalarida hamkorlikni yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
“O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlagan Jazoirning Favqulodda va Muxtor Elchisi Bumediyen Gennad janoblari bilan uchrashdik. Biz janob Elchining O‘zbekiston-Jazoir o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz va yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, – deb yozgan telegram-kanalida Baxtiyor Saidov.