O’zbekiston O‘zbekiston TIV rahbari Braziliya elchisini qabul qildi

O‘zbekiston TIV rahbari Braziliya elchisini qabul qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri  Baxtiyor Saidov kecha Braziliya elchisi Rodrigo de Lima Baen Soaresni  qabul  qildi. Bu haqda vazir telegram-kanalida xabar berdi.

“Braziliyaning O‘zbekistondagi Elchisi Rodrigo de Lima Baena Soares janoblari bilan Toshkent shahrida mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining o‘ttiz yilligi nishonlanayotgan davrda uchrashishdan mamnunmiz. Uzoq masofaga qaramay, O‘zbekiston-Braziliya ikki tomonlama aloqalarida mustahkam va barqaror bog‘lovchi ko‘priklarni barpo etish uchun ulkan salohiyat mavjudligini ko‘rmoqdamiz”, – deb yozdi Saidov.