O’zbekiston Test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi

Test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgust kunidan boshlanadi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

  1. -smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
  2. -smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.