O’zbekiston O‘zbekiston diplomatlari BAAdagi xorijlik fuqarolarni vaqtincha saqlab turish markazida saqlanayotgan vatandoshlarimiz holidan...

O‘zbekiston diplomatlari BAAdagi xorijlik fuqarolarni vaqtincha saqlab turish markazida saqlanayotgan vatandoshlarimiz holidan xabar olishdi

Dubay shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Birlashgan Arab Amirliklarida vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xorij fuqarolarni vaqtinchalik saqlab turish markazida turli sabablar bilan ushlab turilgan fuqarolarimiz holidan xabar olish, ularga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Naif Police station” markaziga tashrif buyurishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat davomida vatandoshlarimizning baʼzilari sog‘ligidan shikoyat qilishgani bois, “Naif Police station” rahbariyati bilash uchrashuv tashkil etildi. Natijada, ushbu shikoyatlar tez fursatda ijobiy hal etilishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

“Naif Police station” markazida saqlanayotgan vatandoshlarimizning O‘zbekistondagi qarindoshlari bilan ham telefon orqali muloqot o‘tkazildi. Hamyurtlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan barcha savolllarga javoblar olishdi. Ularga zarur konsullik-huquqiy maslahatlar berildi.

Fuqarolarimiz qayerda bo‘lishmasin, doim O‘zbekiston Respublikasi himoyasida ekanligi taʼkidlandi.