Kecha Namangan viloyatining Chust tumanida oʼnlab bogʼcha bolalarida tana harorati koʼtarilishi, qorin ogʼrigʼi, ich surilishi va qusish kuzatilgan.
Аyni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 20 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berildi.
Tumanda sodir boʼlgan ushbu holat shaxsan sogʼliqni saqlash vaziri tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.
Shifoxonaga yotqizilgan bolalarning hech birida ranimatsion, yaʼni ogʼir holat yoʼq.
Chustda favqulodda holat eʼlon qilinganligi xaqidagi xabarlar haqiqatga toʼgʼri kelmaydi — Bosh prokuratura.
Eslatib oʼtamiz, bogʼchalarda bolalarga yod va yodomarin dorisi berilgan. Zaharlanish shundan boʼlgan degan xabar tekshiruvda.
Respublikaning boshqa hududlarida ham bolalar ushbu dorini isteʼmol qilgan. Ularda hech qanday salbiy holatlar kuzatilmagan.