O’zbekiston O‘zbekistonning 6 oydagi tashqi savdo aylanmasi ochiqlandi

O‘zbekistonning 6 oydagi tashqi savdo aylanmasi ochiqlandi

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 -yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 29,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 4,7 mlrd AQSH dollariga yoki 19,4 % ga oshgan.

6 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 12,1 mlrd AQSH dollari va import 17,0 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.

O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida jahonning 183 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.