Prokuratura Gaz, elektr va suv ta’minoti xodimlarining firibgarlik holatlari fosh etildi

Gaz, elektr va suv ta’minoti xodimlarining firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Mirobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi yetakchi muhandisi R.M. tadbirkor M.A.ning Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasi joylashgan noturar binosini gazlashtirish bo‘yicha loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishi hamda gaz hisoblagich o‘rnatib berish evaziga tadbirkordan 18 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon tuman ETK elektromontyori M.I. va fuqaro O.N. fuqaro M.I.ning xonadonidagi elektr ta’minotidan 7 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berishi evaziga 3,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Xuddi shunday, Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman “Suvta’minoti” MCHJ bo‘lim nazoratchisi M.O. “U.X.” MCHJ oshxonasining suv sarfini hisoblash uskunasining yaroqsizligi yuzasidan rasmiylashtirgan dalolatnoma bo‘yicha jarima qo‘llamaslik va yangi hisoblagich o‘rnatib berish evaziga MCHJ ish yurituvchisi M.A.dan 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.