Prokuratura Navoiyda 85 tonna ko‘mirni soxta yuk xati bilan olib ketayotgan ombor mudiri...

Navoiyda 85 tonna ko‘mirni soxta yuk xati bilan olib ketayotgan ombor mudiri ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Ko‘mir ta’minot” AJning Navoiy filiali “Zarafshon” ko‘mir omborxonasi mudiri F.O. (muqaddam sudlangan) o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan Zarafshon shahridagi ijtimoiy soha tashkilotlari uchun ajratilgan 85 tonna ko‘mirni sotish maqsadida soxta yuk xatlari orqali “HAVO” rusumli yuk avtomashinalarida olib ketayotgan vaqtida Buxoro viloyati “Sarmijon” YPX maskanida to‘xtatilib, ushbu ko‘mir mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.