Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i (SDSN) va xalqaro ekspertlar tomonidan 2023-yilda e’lon qilingan BRM (SDG index) reytingida O‘zbekiston 71,1 indeks bilan 166 ta mamlakat orasida 69 o‘rinni egalladi.
Bu natija 2022-yilga nisbatan 8 pog‘onaga oshgan. 2022-yilda O‘zbekiston 69,9 indeks bilan 77 o‘rinda qayd etilgan edi.
2023-yilgi SDG index hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda Barqaror rivojlanishning quyidagi 10 ta maqsadlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘sish qayd etilgan:
— mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish
— sog‘liq saqlash va farovonlikni ta’minlash
— sifatli ta’lim bilan ta’minlash
— gender tengligiga erishish
— toza suv va sanitariya
— sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma
— shahar va aholi punktlarini barqaror rivojlantirish
— iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish
— tinchlik, adolat va samarali boshqaruv
— barqaror taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik