O’zbekiston O‘zbekiston 5 oyda qancha bodring eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 5 oyda qancha bodring eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 4,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 6,3 ming tonna bodring eksport qilgan.

Bodring eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 148 tonnaga oshgan.

2023-yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p bodring eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston – 2,6 ming tonna
  • Rossiya – 1,9 ming tonna
  • Qirg‘iz R. – 1,5 ming tonna
  • Belarus R. – 64 tonna
  • Tojikiston – 55 tonna