O’zbekiston O‘zbekistonda so‘nggi yillarda sanoat korxonalari soni qanchaga ko‘paygan?

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda sanoat korxonalari soni qanchaga ko‘paygan?

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tgan sanoat sohasidagi korxonalar soni 108 080 tani tashkil etdi.

Sanoat korxonalari soni 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7,2 % ga oshgan.

So‘nggi yillarda sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni (1-iyul holatiga):

  • 2019-yilda – 69 451 ta
  • 2020-yilda – 80 886 ta
  • 2021-yilda – 95 416 ta
  • 2022-yilda – 100 849 ta
  • 2023-yilda – 108 080 ta