O’zbekiston Shavkat Mirziyoyev: Biz so‘z va matbuot erkinligi, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish...

Shavkat Mirziyoyev: Biz so‘z va matbuot erkinligi, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarini kafolatlaymiz

“Hech shubhasiz, biz bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot bilan birga ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz.

Saylovoldi uchrashuvlarida milliy o‘zligimiz va ezgu qadriyatlarimizni asrab-avaylash, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash bo‘yicha belgilab olgan vazifalarni sizlar bilan, keng jamoatchilik bilan birgalikda amalga oshiramiz

O‘zbekistonda barcha siyosiy huquqlar qatorida vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlari so‘zsiz ta’minlanadi.

Biz demokratiya va ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, konstruktiv muxolifat faoliyatini, so‘z va matbuot erkinligi, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarini kafolatlaymiz.

O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi o‘lkasi yoki mintaqasida bo‘lmasin, qonunlarimiz himoyasida bo‘ladi. Chet eldagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni yanada mustahkamlaymiz” – dedi Prezident.