O’zbekiston O‘zbekistonda limon eksporti 968 tonnaga oshdi

O‘zbekistonda limon eksporti 968 tonnaga oshdi

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,5 ming tonna limon eksport qilgan.

Limon eksporti 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 968 tonnaga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 2,7 ming tonna
  • Qirg‘iz R. – 388 tonna
  • Qozog‘iston – 357 tonna