O’zbekiston Misrdan O‘zbekistonga gepatit C kasalligiga qarshi dorining navbatdagi partiyasi yetkazildi

Misrdan O‘zbekistonga gepatit C kasalligiga qarshi dorining navbatdagi partiyasi yetkazildi

“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan gepatit S kasalligiga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining navbatdagi qismini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga bepul yetkazib berdi.

Umumiy hajmi 12 mingdan ortiq mazkur preparatlar Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti tomonidan ushbu kasallikdan aziyat chekayotgan bemorlarga taqsimlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Misr sog‘liqni saqlash idoralari o‘rtasidagi hamkorlik tufayli 2023-2024 yillarda gepatitga qarshi umumiy qiymati 4,8 million dollarlik 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) “Daclatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalari mamlakatimizga bepul yetkazib berilishi belgilangan.