O’zbekiston Yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.N. fuqaro A.B.ga Qarshi tumanidagi 20 sotix zaxirdagi yer maydonini tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib olib berish evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.S. fuqaro M.Sh.ga 6 sotix zaxiradagi yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 9 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 55 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Do‘stlik tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.U. “B-b.” fermer xo‘jaligiga qarashli 6 gektar yer maydonini fuqaro J.E.ga tanishlari orqali 48 mln so‘m rasmiylashtirib olib berishini aytib, shundan 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.B.” MCHJ rahbari Yu.Z. fuqaro Z.I.ga MCHJga qarashli 35 gektar yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 30 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.