Shou-biznes Qo‘qon va Chongju shaharlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi

Qo‘qon va Chongju shaharlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi

Mamlakatimizning elchixonasi tashabbusi bilan Qo‘qon shahar hokimligi hamda Janubiy Koreyaning Chongju shahri maʼmuriyati vakillari o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbir.

Unda ushbu ikki shaharlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlar kelgusida Qo‘qon va Chongju shaharlari o‘rtasida turizm hamda sport sohalariga investitsiyalarni jalb qilish, o‘zaro savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish va taʼlim sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdilar.

Chongju shahri maʼmuriyati vakillari, o‘z navbatida Qo‘qon shahrining salohiyatlarini inobatga olgan holda ushbu hudud doirasida amalga oshiriladigan iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi loyihalarda ishtirok etishga qiziqishlari mavjud ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar Chongju va Qo‘qon shaharlari o‘rtasida Hamkorlik memorandumi loyihasini tayyorlab, yaqin kunlarda imzolash marosimini tashkil etishga kelishib oldilar.