Jahon Ozarbayjon Armanistonga tinchlik kelishuvi uchun beshta shartni taklif qildi

Ozarbayjon Armanistonga tinchlik kelishuvi uchun beshta shartni taklif qildi

Tog‘li Qorabog‘ mojarosini hal qilishning bir qismi sifatida Ozarbayjon Armanistonga tinchlik kelishuvi uchun beshta shartni taklif qildi

Shartlar quyidagilardan iborat:

– chegaralarni o‘zaro tan olish;
– hududiy da’volarning yo‘qligi;
– harbiy kuch ishlatish va tahdidlarni to‘xtatish;
– davlat chegaralarini demarkatsiya qilish;
– chegaralar va transport aloqalarining ochilishi.

Armaniston tomoni bunga qo‘shimcha ravishda Tog‘li Qorabog‘da yashovchi etnik armanlarning xavfsizligini kafolatlaydigan xalqaro mexanizmlarni yaratish to‘g‘risidagi bandni qo‘shmoqchi. Aynan shu masalada tomonlarning qarashlari bir-biridan farq qilmoqda.