Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.S. “Cobalt” rusumli avtomobilida 4 turdagi jami 8 920 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Namangan shahridagi “Sardoba” bozori atrofida o‘tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.