O’zbekiston Besh oyda 12 million nafar bola 13 turdagi vaksinalar bilan emlandi

Besh oyda 12 million nafar bola 13 turdagi vaksinalar bilan emlandi

Shu yil yanvar-may oylarida mamlakatimiz bo‘yicha 12 mln. nafar bolada boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi 13 turdagi vaksina bilan emlash tadbirlari tashkil etildi.

Buning uchun davolash-profilaktika muassasalarining emlash punktlarida 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar zaxirasi yaratildi.

Jumladan:

respublika bo‘yicha 334 261 nafar go‘dak virusli gepatit V va sil kasalligiga qarshi vaksinalar bilan;

6 yoshdagi 354 562 nafar bola qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi vaksina bilan;

9 yoshdagi 281 241 nafar qizr odam papilloma virusiga qarshi emlandi.

Shuningdek:

353 558 nafar bola – rotavirusga qarshi;

362 029 nafar o‘g‘il-qiz – pentavalent vaksinasi bilan difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol, xib, pnevmokokk infeksiyasiga;

378 538 nafar bola – KPK vaksina bilan qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi emlash vositasini oldi.

Bundan tashqari, respublika bo‘yicha 7 yoshgacha bo‘lgan 3,5 mln. nafar bola o‘rtasida qizamiq-qizilchaga qarshi tegishli ko‘rsatma bo‘yicha ommaviy emlash tadbirlari o‘tkazildi.