O’zbekiston O‘zbekistonning 2027-2029 yillarda Qo‘shilmaslik harakati raisligiga nomzodi tashkilotning barcha aʼzolari tomonidan...

O‘zbekistonning 2027-2029 yillarda Qo‘shilmaslik harakati raisligiga nomzodi tashkilotning barcha aʼzolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya 5-iyul kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakati Muvofiqlashtiruvchi byurosining vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, forumda 93 davlat va 11 ta xalqaro tashkilot delegatsiyalari qatnashdi.

Tadbirda mazkur tuzilmaning qisqa va uzoq muddatga mo‘ljallangan faoliyat yo‘nalishlari, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi.

Anjumanda TIV rahbari O‘zbekistonning 2027-2029 yillarda Qo‘shilmaslik harakati raisligiga nomzodi barcha aʼzolar tomonidan qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirdi.