O’zbekiston Iyun oyida 6,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Iyun oyida 6,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Joriy yilning iyun oyida Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 265 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan 13,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” Matbuot xizmati xabar berdi.

Buning natijasida tizimga 6,1 mlrd so‘m zarar keltirilganligi maʼlum bo‘ldi.

Noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.