O’zbekiston Bangladesh elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Bangladesh elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizda diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan Bangladesh elchisi Jahongir Alamni qabul qildi. Bu haqda vazirning o‘zi telegram-kanalida xabar berdi.

“Mamlakatimizdagi Bangladesh Elchixonasi rahbari sifatidagi uch yillik faoliyatini yakunlayotgan Elchi Jahangir Alam bilan uchrashishdan mamnunmiz. Elchi janoblariga diplomatik faoliyati davomida O‘zbekiston-Bangladesh aloqalarini boyitish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, – deb yozgan Baxtiyor Saidov.