O’zbekiston “O‘zgidromet” 4-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 4-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 4-iyul, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 31-36 daraja, janubda ba’zi joylarda 40° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36 daraja bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29 daraja bo‘ladi.