O’zbekiston Pekindagi 49-saylov uchastkasida fuqarolarimiz O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan ilgari ovoz berishmoqda

Pekindagi 49-saylov uchastkasida fuqarolarimiz O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan ilgari ovoz berishmoqda

Joriy yilning 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovini xorijda o‘tkazish doirasida mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 49-sonli saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, 28-iyun kuni Xitoyning Xubey, Xenan, Shensi va Yunnan provinsiyalaridan tashrif buyurgan vatandoshlarimiz o‘z siyosiy huquqlaridan foydalandilar.

Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolari Pekin, Shanxay va Guanchjou shaharlaridagi 49, 50, 51-saylov uchastkalarida o‘z fuqarolik pozitsiyasini bildirish imkoniyatiga ega bo‘lib, siyosiy jarayonlarga faol ishtirok etmoqda.

Mazkur saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlarining kechishida sanitariya xavfsizligi choralariga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan muddatidan oldin ovoz berish 5 iyulga qadar davom etadi.