O’zbekiston Romitan tuman hokimi Umedjon Barnoyevning 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot...

Romitan tuman hokimi Umedjon Barnoyevning 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga BAYRAM TABRIGI

Buxoro viloyati Romitan tuman hokimi Umedjon Barnoyev 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi.

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Аvvalambor, Siz qadrdon ommaviy axborot xodimlarini, jurnalist¬lar-ni, yozuvchi-shoirlarni, yosh ijodkor¬larni, sharafli kasb fidoyilarini 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, inson qadri, yurt manfaati, vatan taraqqiyotini yuksaklarga koʼtarish yoʼlidagi masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Haqiqatan ham, har qanday murakkab sharoitda ham adolat tamoyiliga, oʼzining hayotiy va ijodiy printsiplariga sodiq qolish, odamlarni qiynayotgan kamchilik va muammolarni dadillik bilan koʼtarib chiqish, ularni bartaraf etish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirishga, avvalo, sizlar kabi maʼnaviy jasorat egalarigina qodir boʼladi”, – deya bildirgan fikrlari Siz qalam ahliga boʼlgan yuksak eʼtiborning ifodasidir.

El-yurt manfaati va Vatanimiz salohiyatini bundan-da yuksaklarga koʼtarish yoʼlidagi masʼuliyatli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilaymiz. Siz sharafli kasb egalariga doimo gʼayrat, kuch va shijoat hamroh boʼlsin!