Jurnalistik surishtiruv ”Men sudlardan noroziman.Yurtboshimni topib beringlar”

”Men sudlardan noroziman.Yurtboshimni topib beringlar”

“Taftish.uz” axborot agentligiga navbatdagi murojaat arizasi Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro Akilova Malohat Shomurodovnadan kelib tushgan bo’lib, u o’zining murojaati bo’yicha yuqoridagilarni bayon etdi.

Agentligimiz tomonidan murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan holatlar ishga aloqadar hujjatlar bilan dastlabki tarzda o‘rganilganda fuqaro M. Akilova huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganlini, FIB Zangiota tumanlararo sudi tomonidan asossiz qaror qabul qilinganligi, muallifning yuqori instansiya sudlariga qilgan murojaatlari rad qilib kelinganligi, da’vo mudddatini qo‘llash tartibi buzilganligi, chunki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 154-moddasida da’vo muddati shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o‘ta boshlashi belgilanganligi, ammo murojaat muallifi o‘zining huquqlari buzilganligidan xabardor bo‘lmaganligi, xabardor bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin bo‘lmaganligi, lekin sud tomonidan ushbu holat tasdiqlanamasa-da, da’vo muddati asossiz qo‘llanilganligi aniqlandi.

Taftish.uzni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!