O’zbekiston Toshkentda kuchli taʼsir etuvchi moddalarning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

Toshkentda kuchli taʼsir etuvchi moddalarning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

Toshkent shahar Mirobod tumanida oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar jarayonida “Matiz” rusumli avtomashina toʻxtatilgan. Xolislar ishtirokida tekshiruv natijasida 25 yoshli Abdulloh I.ning avtomashinasidan 100 dona “Regapen” va 42 dona “Tropikamid” dori vositalari boʻlgan sumka topilgan. Bu haqda shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

Maʻlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251 prim. 1 moddasi (“Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.