O’zbekiston Ozarbayjonda O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi

Ozarbayjonda O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi

Bugun Ozarbayjonning Sabirabad tumanida O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish nuqtasi ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu mamlakatda bo‘lib turgan vatandoshlarimiz o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda muddatidan oldin ovoz bera boshladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Xorijiy davlatlarda tuzilgan saylov uchastkalari to‘g‘risidagi maʼlumotni “Dunyo” axborot agentligi tomonidan ishlab chiqilgan saylov uchastkalari manzillarining interaktiv xaritasidan olish mumkin.