Shou-biznes Qaysi hududlarda axborot va aloqa sohasidagi korxonalar ko‘proq joylashgan?

Qaysi hududlarda axborot va aloqa sohasidagi korxonalar ko‘proq joylashgan?

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-iyun holatiga respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 9 819 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-may oyida ushbu sohada 1 335 ta korxona yangi tashkil etilgan.

Hududlar kesimida ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

  • Toshkent shahri – 475 ta
  • Farg‘ona viloyati – 163 ta
  • Qoraqalpog‘iston R. – 92 ta
  • Toshkent viloyati – 89 ta
  • Samarqand viloyati– 83 ta
  • Xorazm viloyati – 72 ta