O’zbekiston “O‘zgidromet” 20-iyun uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 20-iyun uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 20-iyun, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38 daraja, janubda 41-43 daraja gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Кunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37 daraja bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, kuchayishi mumkin. Harorat 24-29 daraja bo‘ladi.