O’zbekiston O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Malayziya elchisini qabul qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Malayziya elchisini qabul qildi

2023-yil 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Malayziyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hendi Assanni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi. Savdo, investitsiya, turizm, ta’lim sohalarida hamkorlikning mavjud salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ikki mamlakat tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.