Jahon Yerni magnit bo‘roni qopladi

Yerni magnit bo‘roni qopladi

Rus observatoriyalari erta tong geomagnit bo‘ronlarining yuqori faol (qizil darajada) chastotada kuzatilayotganini qayd etgan, deb xabar berdi “O‘zgidromet” mutaxassisi Erkin Abdulaxatov.

U yarim tundan kuchayishni boshlagan va Toshkent vaqti bilan soat 08:00 da o‘zining cho‘qqisiga chiqqan(qizil daraja). Ob-havoga ta’sirchan odamlardan ehtiyot chorasini ko‘rish so‘raladi.

Shuningdek, magnit bo‘roni kunning ikkinchi yarmiga qadar pasayishi ham xabar berildi.