O’zbekiston Farg‘onada kelgusi yetti yilda 100 ming oila shinam uy-joyga ega bo‘ladi

Farg‘onada kelgusi yetti yilda 100 ming oila shinam uy-joyga ega bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuvda kelgusi yetti yilda viloyatda zamonaviy va hamyonbop uy-joylar qurish hajmi 3 karra oshirilishi haqida aytib o‘tdi.

“Xabaringiz bor, Farg‘ona shahrida 300 gektar maydonda yangi “Eko shahar” massivini barpo etishni boshlaganmiz. Ushbu hududning to‘rtdan bir qismi yoki 70 gektarida “Yangi O‘zbekiston bog‘i”, sun’iy ko‘l hamda istirohat bog‘i joylashadi. Bir so‘z bilan aytganda, bu shaharcha odamlarimiz yashashi uchun qulay, xavfsiz va bahavo maskanga aylanadi.

Ushbu shaharchada 15 ming xonadonga mo‘ljallangan 300 ta ko‘p qavatli uy-joylar foydalanishga topshiriladi (shu yilning o‘zida 80 ta ko‘p qavatli uy).

Umuman olganda, kelgusi yetti yilda viloyatda 2,5 mingta ko‘p qavatli uylar qurilishi hisobiga, 100 ming oila shinam uy-joyga ega bo‘ladi. Bunga barcha manbalar hisobidan 2,5 milliard dollar yo‘naltiriladi”,  dedi Prezidentlikka nomzod.