“O‘zgidromet” 8-avgust, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37 daraja bo‘ladi.
Poytaxtimizda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-34 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 23-28 daraja bo‘ladi.