Bugun Oliy Majlis Senatida Surxondaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘rin uchun saylov bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo viloyat, Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev ishtirok etgan.
“Saylov yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga ko‘ra Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi”, – deyiladi MSK xabarida.