Yangiliklar Mamlakatimiz Bosh konsulligi Shimoliy Kavkaz hududida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilmoqda

Mamlakatimiz Bosh konsulligi Shimoliy Kavkaz hududida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilmoqda

Mamlakatimiz Bosh konsulligi O‘zbekistonning boy sayyohlik saloxiyatini keng targ‘ib qilish va yurtimizga sayyohlar oqimini yana-da ko‘paytirish maqsadida Dog‘iston, Checheniston singari Shimoliy Kavkaz xududi respublikalarida mamlakatimiz ziyorat turizmi imkoniyatlarini keng targ‘ib etayotgani barobarida ushbu hududning sayyohlik tizimlari bilan hamkorlik munosabatlarini ham yana-da mustahkamlayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Shu maqsadda Dog‘istonning Maxachqalʼa xalqaro aeroporti terminallarida joylashgan katta ekranlarda Toshkent, Samarqand, Xiva va boshqa tarixiy shaharlarimizning sayyohlik jozibadorligini aks ettiruvchi hujjatli video lavhalarning muntazam namoyish qilinishi yo‘lga qo‘yildi.

Maʼlumki, hozirgi paytda Dog‘istonning Maxachqalʼa shahridan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Namangan shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviqatnovlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, joriy yilning 26 iyunidan boshlab Toshkent-Grozniy (Checheniston) shaharlari o‘rtasida ham havo qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.