O’zbekiston Toshkent tumanida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Toshkent tumanida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.N. fuqaro X.I.ning 2 ta uy-joyi kadastr hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishi evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.