O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi.
“Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm xonimni ko‘rganimizdan mamnunmiz. O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish va ishbilarmonlik aloqalarini yaxshilashga ko‘maklashish mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama kun tartibining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib qolmoqda. Yaqin kelajakda yanada aniq natijalarga erishishimizga ishonamiz”, – deyiladi xabarda.