Shou-biznes Samarqandlik erkak xotiniga jahl qilib o‘zining 3 bolasini o‘ldirdi

Samarqandlik erkak xotiniga jahl qilib o‘zining 3 bolasini o‘ldirdi

Samarqandda 36 yoshli erkak Isroil davlatida ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchiligi natijasida jahl qilib, undan o‘ch olish maqsadida 3 nafar voyaga yetmagan farzandini (2 ta qiz va 1 ta o‘g‘il) oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, u ushbu oshxona pichog‘i bilan tanasining chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urib o‘ziga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda u shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.