O’zbekiston Vodiydan Toshkent, Nukus, Buxoro va Urganch shaharlariga kunlik aviareyslar ko‘paytiriladi

Vodiydan Toshkent, Nukus, Buxoro va Urganch shaharlariga kunlik aviareyslar ko‘paytiriladi

Vodiydan Toshkent, Nukus, Buxoro va Urganch shaharlariga kunlik aviareyslar ko‘paytiriladi

Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Ichki turizmni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratamiz. 2030 yilga borib, kamida 25 million aholimiz mamlakatimiz bo‘ylab sayohat qilishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi.

Xususiy sheriklik asosida:

  • vodiydan Toshkent, Nukus, Buxoro va Urganch shaharlariga kunlik aviareyslar ko‘paytiriladi;
  • mamlakatimiz miqyosida shaharlararo avtobus qatnovini ta’minlaydigan kompaniyalar tashkil etiladi;
  • vodiyning tuman va shaharlarini bog‘lovchi “Oltin vodiy sayyohlik halqasi”, Xorazm va Qoraqalpog‘iston bo‘ylab “Qal’alar halqasi” kabi yangi turistik yo‘nalishlar ochiladi;
  • yaxshi qo‘shnichilik siyosatini davom ettirib, Namanganda Nanay va Farg‘onada Shohimardon hududlarining turizm salohiyatini to‘liq ishga solamiz;
  • hududlarda yana 4 mingta mehmonxona, mehmon uylari va xostellar tashkil etilib, mehmon o‘rinlari soni kamida 2 barobar oshiriladi (120 mingdan 250 mingga)”, – dedi nomzod.