O’zbekiston O‘zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar...

O‘zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi

Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov deputatlar tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda uning tizimidagi rahbar xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, vazirlik va uning tizimida tayinlovlar amalga oshirildi.

Obidjon Ne’matovich Qudratov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va Tabiat resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Jusipbek Sidikbekovich Kazbekov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va Tabiat resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Narzullo Naimovich Oblomurodov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Nizomiddin Jalilovich Bakirov Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori lavozimidan olinib, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Sherzod Xabibullayevich Xabibullayev esa Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori etib tayinlandi va Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.