O’zbekiston Farg‘onada paynet shoxobchasidan pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Farg‘onada paynet shoxobchasidan pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar hududida joylashgan paynet shoxobchasidan pullarni oʻgʻirlargan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 2023-yilning 25-aprel kunidan 25-may kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida, noma’lum shaxs S.Temur koʻchasida joylashgan paynet shaxobchasidagi seyfidan 31.462.000 soʻm pullarni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.K sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.