Oʻzbekiston rahbari sammitda quyidagi takliflarni ilgari surdi:
— kelgusi yili Samarqandda Milliy rivojlanish strategiyalarini oʻzaro bogʻlash masalalari boʻyicha birinchi Xalqaro ekspertlar konferensiyasini oʻtkazish;
— yangi iqtisodiy muloqotni shakllantirish va 2030-yilgacha mintaqa davlatlarining Xitoy bilan savdo aylanmasini ikki baravar oshirishga erishish;
— savdo-logistika infratuzilmasi va zamonaviy ulgurji-taqsimot tarmoqlari, “yashil” va ekspress yoʻlaklar, elektron tijorat uchun umumiy platformalarni yoʻlga qoʻyish;
— birodarlik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida shu yil Oʻzbekistonda olti mamlakat shahar va hududlari forumi va koʻrgazmasini oʻtkazish;
— iqlim kun tartibi va “yashil” energetika masalalari boʻyicha hamkorlikka alohida eʼtibor qaratish;
— Xitoyni Oʻzbekiston bilan bogʻlovchi, Yevropa, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoga chiqish imkonini beruvchi transport yoʻlaklarini rivojlantirish;
— muqobil energetikada yanada yaqin ilmiy-amaliy sheriklikni yoʻlga qoʻyish;
— Orolboʻyining ekologik muammolarini hal etish, bioxilma-xillikni himoya qilish, muzliklar va tuproqni asrash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishda hamkorlik qilish.