Yaponiyada bo‘lib o‘tgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta bronza medalini oldi
- Ozodbek Axtamov -Toshkent shahri Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
- Anvarbek Raxmatov — Buxoro viloyati Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
- Anvarbek Sadulloyev — Buxoro viloyati Peshku tumani 18 -maktab 11-sinf o‘quvchisi.
Ushbu olimpiadada dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab o‘quvchisi ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, prezident qaroriga muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), uning ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofoti beriladi.