Oliy ta’lim “Soʻnggi qoʻngʻiroq” qanday oʻtkaziladi?

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” qanday oʻtkaziladi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2022-2023-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar” ishlab chiqdi.

Unda:

🔸maktablarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00 gacha “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etish;

🔸tadbirga oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilarini jalb etish;

🔸tadbirni mahalla qoʻmitasi, ota-onalar va huquq-tartibot idoralari vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazish hamda maktabga texnikalar va begona shaxslarning kiritilmasligini taʼminlash;

🔸“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yigʻimlariga yoʻl qoʻymaslik koʻzda tutilgan.